Sana va vaqt formatlari
Ushbu boʻlimda Oʻzbekistonda sana va vaqtni formatlash boʻyicha standartlar haqida maʼlumotlar berilgan.
Sana
Oʻzbekistonda sana formatlari uchun quyidagi qoidalar amal qiladi:
-
Kalendar/Era: Grigorian kalendaridan foydalaniladi.
-
Haftaning birinchi kuni: Dushanba hisoblanadi.
-
Yilning birinchi haftasi: Yanvar oyining birinchi kunini oʻz ichiga olgan hafta yilning birinchi haftasi deb belgilanadi.
Standart sana formatlari
-
Qisqa sana formati: dd.MM.yyyy
- Misol: 17.03.2011
-
Uzun sana formati: yyyy-yil d-MMMM
- Misol: 2011-yil 3-mart
Format kodlaridagi belgilar
-
d— kunni ifodalaydi:d(bosh nolsiz raqam),dd(bosh nol bilan raqam),ddd(qisqa kun nomi),dddd(toʻliq kun nomi). -
M— oyni ifodalaydi:M(bosh nolsiz raqam),MM(bosh nol bilan raqam),MMM(qisqa oy nomi),MMMM(toʻliq oy nomi). -
y— yilni ifodalaydi:yy(ikki xonali raqam) vayyyy(toʻrt xonali raqam).
Hafta kunlari
| Kun (toʻliq shakli) | Qisqartma |
|---|---|
| Dushanba | Du |
| Seshanba | Se |
| Chorshanba | Ch |
| Payshanba | Pa |
| Juma | Ju |
| Shanba | Sh |
| Yakshanba | Ya |
Oy nomlari
| Oy (toʻliq shakli) | Qisqartma |
|---|---|
| Yanvar | Yan |
| Fevral | Fev |
| Mart | Mar |
| Aprel | Apr |
| May | May |
| Iyun | Iyn |
| Iyul | Iyl |
| Avgust | Avg |
| Sentyabr | Sen |
| Oktyabr | Okt |
| Noyabr | Noy |
| Dekabr | Dek |
Hafta kuni va oy nomlari
-
Hafta kun nomlari kalendarda va alohida ishlatilganda bosh harf bilan yoziladi. Agar ular gapning oʻrtasida kelsa, ular bosh harf bilan yozilmaydi.
-
Oy nomlari ham kalendarda va alohida ishlatilganda bosh harf bilan yoziladi. Agar ular gapning oʻrtasida kelsa, ular bosh harf bilan yozilmaydi.
Qoʻshimcha qoidalar
-
Sana oraliqlar en dash bilan yoziladi.
- Misol: 13 yanvar - 15 yanvar
Vaqt
-
24 soatlik format: Ha.
-
Vaqt zonasi: UZT UTC+05:00
-
Yozgi vaqtga oʻtish (daylight saving time): qoʻllanilmaydi.
-
Standart vaqt formati:
HH:mm:ss.- Misol: 09:25:43; 15:10:31; 23:45:19
-
Vaqt ajratuvchi: Ikki nuqta (
:).- Misol: 22:34:05
-
Soatlar uchun bosh nol belgisi mavjudmi?: Ha.
- Misol: 07:30:45
-
Qisqa vaqt formati:
HH:mm.- Misol: 09:25; 15:10; 23:45
-
Sana va vaqt formati:
dd.MM.yyyy HH:mm:ss- Misol: 20.04.2015 16:30:00
ISO 8601 standarti
ISO 8601 — xalqaro standart boʻlib, sana va vaqt maʼlumotlarini yozishning universal usulini belgilaydi. Ushbu standartdan foydalanish maʼlumotlarni almashishda va tizimlararo aloqada (masalan, API, veb-serverlar va maʼlumotlar bazalari) chalkashliklarning oldini oladi.
Uning asosiy formati YYYY-MM-DD dir.
Nima uchun foydalanish kerak?
Aniq va tushunarli: Baʼzi mamlakatlarda sana MM/DD/YYYY (oy/kun/yil) formatida, baʼzilarida esa DD/MM/YYYY (kun/oy/yil) formatida yoziladi. Bu holat tushunmovchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. ISO 8601 esa har doim yil-oy-kun tartibida boʻlgani uchun global miqyosda bir xil tushuniladi.
Saralash oson: Maʼlumotlar bazalarida sanalarni alifbo tartibida saralash (alphabetical sorting) orqali toʻgʻri xronologik tartibga keltirish imkonini beradi. Boshqa formatlarda bu ish bermaydi.
Misol:
-
Standard format:
2025-10-07 -
Vaqt bilan birga:
2025-10-07T14:55:17(Bu yerdaTbelgisi vaqtni sanadan ajratadi)
Qachon foydalanish kerak?
Foydalanuvchi interfeysida asosan mahalliy format (dd.MM.yyyy) ishlatilishi kerak boʻlsa-da, tizimlararo maʼlumotlar almashinuvi, log fayllari, API chaqiriqlari va konfiguratsiya fayllarida doimo ISO 8601 formatidan foydalanish tavsiya etiladi.