Uslub va ohang
Bu boʻlim mahalliylashtirilgan kontentda izchil va mos uslub va ohang boʻyicha tavsiyalar beradi. Maqsad, yakuniy mahsulotning oʻzbekcha foydalanuvchiga tabiiy eshitilishini taʼminlash, shu bilan birga asl xabar mazmunini yetkazishdir.
Auditoriya
Ohang va uslubni auditoriyaga moslashtirish kerak. Masalan, yangi foydalanuvchilar uchun ohang toʻgʻridan-toʻgʻri va doʻstona boʻlishi kerak, AT mutaxassislari uchun esa rasmiyroq ohang qoʻllanilishi lozim.
Ohang
Oʻzbekcha tarjimaning ohangi asl mahsulotning ohangiga oʻxshashi, shu bilan birga hurmatli boʻlishi kerak. Muayyan dialektga xos boʻlgan soʻzlarni ishlatishdan cheklanish kerak. Umuman olganda, mahalliylashtirilgan matn oʻzbek tilida dastlab yozilgandek tuyulishi kerak. Soʻzma-soʻz tarjima qilishdan qoching. Lokalizatsiya ohangi aniq, tushunarli, xolis va foydalanuvchiga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Murojaat uslubi
Foydalanuvchiga murojaat qilishda “Siz” olmoshidan foydalaning. Agar “Siz” olmoshi feʼlning shaxsiy qoʻshimchalari bilan ifodalangan boʻlsa, uni yozmaslik kerak.
-
Notoʻgʻri: Siz tugmachani bosing
-
Toʻgʻri: Tugmachani bosing
Baʼzi holatlarda passiv ovozdan foydalanish yoki jumlani kontekstga mos ravishda qayta ifodalash yaxshiroq boʻlishi mumkin.
Misol:
-
Inglizcha: You are now connected to the Internet.
-
Oʻzbekcha: Siz hozir Internet tarmogʻiga ulangansiz.
Feʼllar va Harakat shakli
Oʻzbek tilini mahalliylashtirishda ingliz tilidagi buyruq feʼllari (imperative) koʻpincha feʼlning harakat shakliga tarjima qilinadi. Bu shuni anglatadiki, “Open a file” kabi buyruq Oʻzbek tilida “Faylni ochish“ga aylanadi. Bu uslub odatda dastur interfeysi elementlarida, masalan, menyu va tugma nomlarida qoʻllaniladi.
Misollar:
| Inglizcha | Oʻzbekcha |
|---|---|
| Save changes | Oʻzgartirishlarni saqlash |
| Print document | Hujjatni chop etish |
| Connect to the network | Tarmoqqa ulanish |