Oʻzbek lotin alifbosi zamonaviy qurilmalarda
Tutuq belgisi, oʻ va gʻ harflari

Oʻzbek lotin alifbosi 1995-yildagi islohotlardan soʻng, oʻ va gʻ harflaridagi teskari vergul hamda tutuq belgisi uchun kompyuter tizimlarida qanday belgi ishlatilishi aniq belgilanmagan. Bu holat raqamli tizimlarda, xususan, veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda katta chalkashliklarga sabab boʻlmoqda. Hozirda bir nechta belgilar aralash holda qoʻllanilmoqda, masalan:
| Belgi | Unicode | Misol |
|---|---|---|
| ’ | U+0027 | O’zbekiston , fe’l |
| ` | U+0060 | O`zbek tili, fe`l |
| ‘ | U+2018 | O‘zbekiston |
| ’ | U+2019 | fe’l |
| ʻ | U+02BB | Oʻzbekiston |
| ʼ | U+02BC | Feʼl |
Bu standartning yoʻqligi bir qancha jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi:
-
Matn qidirish qiyinlashadi. Qidiruv tizimlari va dasturlar soʻzlardagi turli apostrof belgilarini farqli belgilar deb hisoblaydi. Natijada, bir xil soʻz uchun har xil yozuvlar mavjud boʻlib, qidiruv natijalari toʻliq chiqmasligi mumkin. Masalan, “O’zbekiston” deb qidirgan foydalanuvchi “Oʻzbekiston” soʻzi bor maʼlumotni topa olmasligi mumkin.
-
Apostrof soʻzni ikkiga boʻladi. Baʼzi dasturlar U+0027 apostrofini (standart klaviaturadagi ' belgisi) harf sifatida emas, balki soʻzlar orasidagi ajratuvchi belgi deb hisoblaydi. Bu matnni qayta ishlashda, masalan, soʻzlarni sanashda yoki tarjima qilishda muammolarni keltirib chiqaradi.
-
Dasturchilar uchun ortiqcha ish. Dasturchilar matnni qayta ishlashda va uni toʻgʻri koʻrsatishda barcha variantlarni hisobga olishlari kerak boʻladi. Bu esa dasturlash jarayonini murakkablashtiradi va kodni koʻpaytiradi.
Yechim: Standartlashtirilgan Belgilarni Tanlash
Bu muammolarni bartaraf etish uchun, oʻzbek tili raqamli muhitini mahalliylashtirish hamjamiyati, standartlashtirish boʻyicha bir qator takliflarni ishlab chiqdi. Bu takliflarga koʻra, rasmiy va texnik jihatdan eng toʻgʻri hisoblangan belgilar qabul qilindi. Bu belgilar:
-
ʻ (U+02BB) — oʻ va gʻ harflaridagi teskari vergul uchun.
-
ʼ (U+02BC) — tutuq belgisi uchun.
Kiritish usullari
Afsuski, hozirda oʻzbek lotin alifbosi uchun standart klaviatura tuzilmasi mavjud emas. Shunga qaramay, yuqorida keltirilgan standart belgilarni bir qancha usullar orqali kiritish mumkin.
Mobil qurilmalar (Android)
GBoard klaviaturasi ushbu muammoni eng oson hal qiluvchi yechimlardan biridir. GBoard ichida oʻzbek lotin klaviaturasi oʻrnatilgan boʻlib, unda oʻ va gʻ harflari toʻgʻri belgilangan.
-
GBoard klaviaturasini oʻrnating.
-
Til sozlamalari orqali “Oʻzbekcha (Lotin)” klaviaturasini faollashtiring.

Windows va macOS
Windows va macOS operatsion tizimlarida oʻzbek tili uchun standart klaviatura mavjud emas. Shu sababli, bu muammoni hal qilish uchun Farhodjon Chinberdiev tomonidan maxsus dasturiy taʼminot yaratdi. Ushbu dasturni oʻrnatish orqali siz oʻzbek harflari (oʻ, gʻ), shuningdek, turk harflarini (Ö, Ğ, Ş, Ç, İ) terish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

-
Tutuq belgisi: ` (gravis) tugmasini bosing.
-
Oʻ va Gʻ harflari:
'(apostrof) tugmasini bosing. -
Turk harflari (Ö, Ğ, Ş, Ç, İ):
Alt(Windows) yokiOption(macOS) tugmasini bosib turgan holda tegishli harflarni (o,g,s,c,i) bosing. -
Em dash (—):
Alt + -(Windows) yokiOption + -(macOS) tugmalarini bosing. -
En dash (–):
Alt + Shift + -(Windows) yokiOption + Shift + -(macOS) tugmalarini bosing. -
Uzilmas boʻshliq (non-breaking space):
Alt + Space(Windows) yokiOption + Space(macOS) tugmalarini bosing. -
Qoʻshtirnoqlar (“ ”):
Alt + KvaAlt + L(Windows) yokiOption + KvaOption + L(macOS) tugmalarini bosing. -
Birtirnoqlar (‘ ’):
Alt + Shift + KvaAlt + Shift + L(Windows) yokiOption + Shift + KvaOption + Shift + Ltugmalarini bosing.
Windows uchun oʻrnatish uchun:
-
Ushbu veb-saytga oʻting va Oʻrnatish boʻlimida uzbek-typography-layouts-windows.zip faylini yuklab oling.
-
Arxivni ochganingizdan soʻng ikkita papka paydo boʻladi: uzbek-cyrillic-typography-layout-2.0 va uzbek-latin-typography-layout-2.0.
-
Mos papkaga kirib
setup.exefaylini ishga tushiring. -
Kompyuterni oʻchirib yoqish talab qilishi mumkin.
macOS uchun oʻrnatish uchun:
-
Ushbu veb-saytga oʻting va Oʻrnatish boʻlimida uzbek-typography-layouts-macOS.dmg faylini yuklab oling.
-
Yuklab olingan Uzbek Keyboard Layouts.dmg faylini oching.
-
Uzbek Keyboard Layouts.bundle faylini Drag here to install nomli yorliqqa yuboring (faylni sudrab yorliq ustiga tashlang).
-
System Preferences ichidan Keyboard → Input Sources ekraniga oʻting.
-
+ tugmasini bosib roʻyxatdan yangi terilmalarni qoʻshing (xuddi boshqa terilmalarni qoʻshgandek). Ushbu terilmalar roʻyxatda oʻzbek tili sifatida chiqadi.
Linux
Linux operatsion tizimlarida oʻzbek lotin klaviaturasi standart oʻrnatilmagan boʻlishi mumkin. Eng toʻgʻri va tizimga toʻliq integratsiya qilingan yechim bu—oʻzbek tili uchun maxsus ishlab chiqilgan, ʻOkina va Tutuq Belgisi kabi barcha zaruriy tipografik belgilarni qoʻllab-quvvatlaydigan terilmani oʻrnatishdir.
Linux uchun klaviatura terilmasini ushbu GitHub repozitoriyasida topishingiz mumkin:
Oʻrnatish usuli
- Repozitoriyani klonlang:
git clone https://github.com/itsbilolbek/uzbek-linux-keyboard.git
cd uzbek-linux-keyboard
- Oʻrnatish skriptini ishga tushiring:
chmod +x install.sh
sudo ./install.sh
- Terilmani faollashtirish: oʻrnatishdan soʻng tizimdan chiqib, qayta kiring (yoki kompyuterni qayta ishga tushiring). Tizim sozlamalari (Masalan, GNOME, KDE) orqali kiritish usullariga (input source) “Oʻzbekcha (Lotin)” terilmasini qoʻshing.